“Yuventus” bu futbolchi xaridi uchun naq uch o'yinchisidan qutulishi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 69
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati "Barselona" yarim himoyachisi Frank Kessiega qiziqish bildirmoqda.
Insayder Gabriel Sanzning so'zlariga ko'ra, "keksa sinyora" 26 yoshli ivuarlik futbolchining transferi uchun "Barselona"ga murojaat qilishdan oldin birinchi navbatda uchta yarim himoyachidan xalos bo'lishni istaydi.
Ayni damda “Yuventus”da Ueston Makkenni, Denis Zakariya va Artur Melo kabi yarim himoyachilar ketadiganlar ro'yxatidan o'rin olgan.
Kessiening o'zi avvalroq “Milan” va “Atalanta”da o'ynagan va A Seriyaga qaytishga tayyor. Uning transferi 35 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!