Kloze: "Hozir yagona muhim narsa bu pul"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Germaniya terma jamoasining sobiq to'purari Miroslav Klozening fikricha, futbol faqat pul rol o'ynaydigan sport turiga aylangan. U serbiyalik yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichning Saudiya Arabistoniga transferini o'z kuzatishlarining tasdig'i deb atamoqda.
“Hozir yagona muhim narsa bu pul. Men esa bu sport turini boshqacha tushunaman, unda birinchi navbatda g'alabalar muhim. Men hech qachon pul uchun o'ynamaganman. Evropada pul emas, natijalar muhim. Ha, men Germaniyani tark etdim, lekin Italiyaga til o'rganishni, u erdagi hayotni ko'rishni va yakunda A Seriyada o'zimni sinab ko'rishni xohlardim", deya Klozening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Italiyaning ITASportPress agentligi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!