"Atletiko" himoyachisi "Marsel"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
“Atletiko” himoyachisi Renan Lodi faoliyatini “Marsel”da davom ettiradi.
Oldinroq 25 yoshli braziliyalikning transfer summasi 13 million evroni tashkil etishi xabar qilingandi.
Lodi 2019 yildan beri “Atletiko Madrid” safida to'p tepmoqda. U “matraschilar” safida 118 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Lodi o'tgan mavsumda ijara asosida "Nottingem Forest"da o'ynagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!