Shomurodov oldida A Seriya va La Liga klublaridan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
Rossiyaning "Sport Ekspress" nashriga ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston terma jamoasining 28 yoshli hujumchisi Eldor Shomurodovga Italiyaning “Lechche” va Ispaniyaning “Jirona” klublari qiziqish bildirgan.
Shomurodovning "Roma" bilan uzoq muddatli shartnomasi bor, uni ikki yil avval "Jenoa"dan deyarli 18 million evroga sotib olgandi. Rimda Eldor asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. U o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini B seriyaga tushib ketgan "Spetsiya" bilan o'tkazdi.
"Rostov" sobiq forvardini ijaraga olishning yangi variantini qidirmoqda va Italiya OAVlari "Lechche" va "Jirona"dan tashqari futbolchiga da'vogarlar qatorida "Torino" hamda Turkiya klublarini ham tilga olishmoqda.
"Roma" Shomurodovni majburiy sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga tayyor bo'lgan jamoaga ustunlik berishga tayyor, ammo bu shart hozircha moliyaviy kuchli bo'lmagan klublardan da'vogarlarni to'xtatib qolmoqda, chunki futbolchining maoshi 1,5 million evroni tashkil qiladi.
Transfermarkt portali Shomurodovning narxini 6 million evroga baholamoqda.