"Barselona" Romeu bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
Marca xabariga ko'ra, "Jirona" yarim himoyachisi Oriol Romeu "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi.
Manbaga ko'ra, transfer kataloniyaliklarga 5-6 million evroga tushadi. Klub 31 yoshli ispaniyalik bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Avvalroq, "Barselona" uni yozda jamoani tark etgan Serxio Busketsning o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rayotgani haqida xabar berilgandi.
Transfermarkt Romeuni 5 million evroga baholagan. 2022/23 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!