"An-Nasr" Mane bilan muzokaralar olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
"An-Nasr" nemis klubi ma'qullaganidan keyin "Bavariya" hujumchisi Sadio Mane bilan muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi Al-Riyadiah.
Manbaga ko'ra, Myunxen klubi futbolchi bilan 30 million evro evaziga xayrlashishga rozi bo'lgan. Afrikalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.
2022/23 yilgi mavsumda vinger “Bavariya” safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!