"Inter Mayami" yarim himoyachisi bilan shartnomani bekor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Inter Mayami" o'z rasmiy saytida yarim himoyachi Rodolfo Pisarro bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganini e'lon qildi.
Shartnoma tomonlarning o'zaro kelishuvi bilan bekor qilindi. 29 yoshli meksikalik futbolchi erkin agentga aylandi.
Meksikalik yarim himoyachi 2020 yilda "Monterrey"dan MLS klubiga o'tgan edi. Amerika jamoasi uchun u o'shandan beri barcha musobaqalarda 62 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!