"Fulxem" Braziliyadan futbolchi transfer qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Fulxem" yarim himoyachi Andreni "Fluminense"dan sotib olmoqchi, deb yozdi jurnalist Emmanuel Luis tvitterda.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi 21 yoshli braziliyalik uchun taxminan 28 million evro to'lashga tayyor. Bonuslarni qo'shib hisoblaganda, summa 34 million evrogacha ko'tarilishi mumkin.
Joriy mavsumda Andre barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, gol ura olmagan. Unda 8 ta sariq va 2 ta qizil kartochka ham bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!