Loris uchun eshiklar ochiq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris London klubini tark etishi mumkin.
Londonliklar safida 2012 yildan buyon o'ynab kelayotgan Ugo boshqa klublarda kelajagini ko'rishga tayyor, deya xabar beradi "Tottenxem" rasmiy sayti.
Bayonotda qayd etilishicha, unga klub izlash uchun ruxsat berilgan. Loris mavsumoldi tayyorgarlikda ishtirok etmaydi.
Frantsiyalik darvozabon 2012 yilda "Lion"dan "Tottenxem"ga ko'chib o'tgandi. London klubi bilan u barcha musobaqalarda 447 ta o'yin o'tkazib, 508 ta gol o'tkazib yuborgan. 151 uchrashuvda Loris o'z darvozasini daxlsiz qoldirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!