“Marsel” senegallik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
“Sheffild Yunayted” etakchisi Iliman Ndiaye yozda “Marsel”ga o'tishi mumkin.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, tomonlar hujumchi bo'yicha muzokara olib borishga tayyor.
Qayd etilishicha, tez orada "Sheffild" va "Marsel" o'zaro kelishuvga erisha oladi. Liga 1 klubiga o'tmoqchi bo'lgan Ndiaye bilan shartnoma deyarli tayyor ko'rinishda. Avvalroq kelishuv besh yilga mo'ljallangan bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi.
Ndiaye o'tgan mavsumda 52 o'yin o'tkazib, 12 gol urgan va 6 golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali 23 yoshli senegallik futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!