"Monako"ga braziliyalik yosh iqtidor kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115
"Monako" rahbariyati tarkibni "Santos"dan kelgan yosh futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
UOL xabariga ko'ra, monakoliklar rahbariyati Braziliya A seriyasi klubi bilan 18 yoshli hujumchi Devid Vashington bo'yicha shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormoqda.
Xabar qilinishicha, transfer summasi taxminan 20 million evroni tashkil qilishi mumkin. Frantsiya jamoasi rahbariyati ushbu yozda shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Devid bu yildan beri "Santos"da o'ynamoqda. Braziliya A seriyasining ettita o'yinida hujumchi ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!