"PSJ"ga o'tsa, Bununing kelajagi o'zi kutganidek kechmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114
"Sevilya" darvozaboni Yassin Bunu "PSJ"ga o'tishi mumkin.
RMC Sport muxbiri Fabris Xokinsning xabar berishicha, frantsuz giganti Yassin Bununi jamoaning ikkinchi darvozaboni sifatida olish uchun faol muzokaralar olib bormoqda.
Klub Janluidji Donnarumma jarohat olgan yoki yo'q bo'lgan taqdirda ishonchli o'rinbosarni ta'minlash uchun bu pozitsiyani kuchaytirishni zarur deb hisoblaydi. Manbaga ko'ra, kelishuv taxminan 15 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Yassin Bunu o'tgan mavsumda "Sevilya" safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushdi. Bu davrda u 7 ta o'yinda o'z darvozasidan 60 ta gol o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!