"Arsenal" Timber transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
"Arsenal" "Ayaks" himoyachisi Yurrien Timber bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
22 yoshli niderlandiyalik futbolchi "kanonirlar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. U 12-raqam ostidagi jamoada o'ynaydi. Oldinroq londonliklar ushbu transfer uchun 47 million evro to'lashi xabar qilingandi.
Timber "Ayaks" akademiyasining bitiruvchisi. U jamoa safida 121 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 42 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!