Arturo Vidal Braziliya klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
Chililik yarim himoyachi Arturo Vidal faoliyatini "Atletiko Paranaense"da davom ettiradi, deya xabar beradi Braziliya klubi matbuot xizmati.
13 iyul kuni 36 yoshli Vidal bilan shartnoma bekor qilingani haqida u o'tgan yozdan beri to'p tepayotgan "Flamengo" tomonidan e'lon qilingan edi. U jamoa safida 51 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Vidal "Inter", "Barselona", "Yuventus", "Bayer" va "Kolo-Kolo" klublarida harakat qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!