"Al-Hilol" Mitrovich uchun yaxshilangan taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Al-Hilol" "Fulxem"ga hujumchi Aleksandar Mitrovich uchun yaxshilangan taklif bilan chiqdi, deya xabar beradi jurnalist Ben Jeykobs.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi futbolchi uchun 30 million evro miqdoridagi birinchi taklifni rad etgan. "Fulxem" hujumchi bilan xayrlashmoqchi emas.
28 yoshli hujumchi 2018 yildan buyon “Fulxem” safida to'p tepadi. 2022/23 yilgi mavsumda u Premer-ligada 24 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 28 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!