"MYu" Fred borasida muzokaralarni davom ettirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
"Galatasaroy" yarim himoyachi Fredning transferi borasida "Manchester Yunayted"ga murojaat qildi. Sky Sports xabariga ko'ra, turk jamoasi yarim himoyachining transferi bo'yicha "qizil iblislar" bilan muzokara o'tkazgan.
Qayd etilishicha, 30 yoshli Fredga "Fulxem" ham qiziqish bildirmoqda, uning bosh murabbiyi Marko Silva braziliyalikni o'z jamoasida ko'rishni juda xohlaydi. Londonliklar hali ham 30 million evro atrofida so'ralgan tovon pulidan cho'chishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Fred 2018 yilning yozidan buyon "Manchester Yunayted"da o'ynab kelmoqda va shundan buyon jamoa bilan Liga kubogini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!