"Fenerbaxche" Keylor Navas bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi yozgi transfer oynasida yangi darvozabonni sotib olmoqchi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Istanbul klubi "PSJ" futbolchisi Keylor Navasga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Liga1 grandi 36 yoshli kosta-rikalik futbolchini shu yozda sotishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Navas 2022/2023 yilgi mavsumning ikkinchi qismini Angliyaning "Nottingem Forest" klubida ijara asosida o'tkazdi.
Qayd etilishicha, Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni Zagrebning “Dinamo” klubidan Dominik Livakovich ham “Fenerbaxche” qisqa ro'yxatidan joy olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!