"Liverpul" hozircha Xenderson borasida taklif olmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Sky Sports xabariga ko'ra, "Liverpul" haligacha "Al-Ittifoq"dan yarim himoyachi Jordan Xenderson bo'yicha taklif olgani yo'q.
Mersisaydliklar 33 yoshli angliyalik uchun kamida 20 million funt olishni rejalashtirmoqda.
Oldinroq jurnalist Fabritsio Romano Xenderson Saudiya klubi bilan shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar bergandi. Shuningdek, “Al-Ittifoq” Xendersonga “Liverpul”dan 4 baravar ko'proq pul to'lashga tayyorligi haqida ham ma'lumot bor edi.
2022/23 yilgi mavsumda Xenderson barcha musobaqalarda 43 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!