Berardiga Saudiya Arabistonidan qiziqish bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
"Sassuolo" yarimhimoyachisi Domeniko Berardi Saudiya Arabistoni jamoasining qiziqishi ob'ektiga aylandi. Jurnalist Nikolo Shkiraning fikricha, italiyalik hozircha nomi tilga olinmagan mahalliy klublardan birini kuchaytirish uchun jiddiy variant hisoblanadi.
Biroq manbaning ta'kidlashicha, Berardining o'zi hali Saudiya Arabistoni jamoasiga o'tishni istamayapti. Domeniko hali ham Chempionlar ligasida o'ynashni orzu qiladi. Oldinroq "Yuventus" qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi, ammo "keksa sinora kelasi mavsumda eng nufuzli evrokuboklarda o'ynamaydi.
28 yoshli Berardi o'tgan mavsum A Seriyada 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!