"Bavariya" "Tottenxem" prezidenti bilan Keyn transferi borasida ijobiy muzokaralar olib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Myunxenning "Bavariya" klubi o'tgan mavsumda 30 gol bilan Erling Xolanddan keyin Angliya Premer-ligasida ikkinchi to'purar bo'lgan hujumchi Harri Keynni qo'lga kiritishiga umid qilmoqda.
Jurnalist Kristian Falk xabariga ko'ra, "Bavariya" rahbariyati yaqinda "Tottenxem" prezidenti Daniel Levi bilan muzokara o'tkazgan. Qayd etilishicha, muloqot ancha ijobiy o'tgan.
Keynning "Tottenxem" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi, shuning uchun "Bavariya" transfer amalga oshishidan umidvor. Oldinroq “shporlar” Xarri uchun 100 million evrodan ortiq talab qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!