"Liverpul" yarim himoyachisiga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Liverpul" joriy transfer oynasida yarim himoyachi Fabinoni sotishga tayyor.
29 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda muntazam asosiy tarkibda harakat qildi, ammo klub braziliyalik bilan hamkorlikni tugatishga tayyor. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, “Liverpul” Fabino bo'yicha rasmiy taklif kutmoqda. Mersisaydliklar rahbariyati yarim himoyachini sotishdan qariyb 40 million funt (deyarli 47 million evro) olish niyatida.
Fabinoning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan va futbolchining transfer narxi, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 42 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!