"Inter" ikki transferni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
Milanning “Inter” klubi joriy transfer oynasida nemis himoyachisi Robin Gosens bilan xayrlashmoqchi. Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, “neradzurrilar” tushumni "Montsa" vakili bo'lgan Karlos Agustoni sotib olishga sarflamoqchi.
Braziliyalik milanliklar bilan dastlabki muzokaralar olib bordi va mehnat shartnomasini imzolashga rozi bo'ldi. Tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib olishdi. Augustoning "Inter"dagi maoshi 2,2 million evroni tashkil qiladi.
O'tgan mavsumda Karlos Italiya chempionatining 35ta o'yinida qatnashib, oltita gol va beshta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!