"Chelsi" bu transfer muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
"Chelsi" "Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedoning transferi bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, muzokaralar yakuniy bosqichga o'tishga yaqin turibdi. Kelishuv summasi taxminan 90 million evroni tashkil qiladi va futbolchining o'zi bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasi tuziladi.
Qayd etish joiz, Transfermarkt ekspertlari Kaysedoning narxini 55 million evroga baholamoqda. Futbolchi "Brayton" bilan 2027 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzolaydi.
Moyses o'tgan mavsumda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!