"Roma" futbolchisi "Ash-Shabab" e'tiborini tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Saudiyaning “Ash-Shabab” klubi rahbariyati “Roma” himoyachisi Leonardo Spinatstsolaga taklif bilan chiqdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.
Jurnalistning so'zlariga ko'ra, Saudiya Arabistoni chempionati vakili allaqachon Italiya tomoni vakillari bilan muzokaralarga kirishgan. Klub Spinatstsolaga 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma taklif qildi.
Leonardo Rim jamoasida 2019 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2024 yilning o'rtalarigacha hisoblanadi. Himoyachining transfer narxi o'n million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!