"Arsenal" "Beshiktosh"ga rad javobini berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Arsenal" "Beshiktosh"ning markaziy himoyachi Rob Xolding bo'yicha taklifini rad etdi.
Turkiya klubi 27 yoshli futbolchi uchun taxminan 2,5 million evro taklif qildi, bu esa “kanonirlar”ga to'g'ri kelmaydi, deb yozadi jurnalist Devid Ornshteyn. "Arsenal" markaziy himoyachini sotishni ko'rib chiqishga tayyor, biroq bu uchun ancha kattaroq mablag' talab qilinadi.
Rob Xoldingning transfer narxi, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 8 million evro. Angliyalik futbolchining shartnomasi kelasi yili tugaydi, biroq avtomatik ravishda bir yilga uzaytirilishi ko'zda tutilgan. O'tgan mavsumda Xolding 24ta o'yinda qatnashib, bitta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!