Sakki A Seriyaning yangi mavsumidagi favoritini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
Afsonaviy sobiq bosh murabbiy Arrigo Sakki A Seriyaning navbatdagi mavsumida kimni favorit deb bilishini aytdi.
Oxirgi mavsumda “Napoli” asosiy ta'qibchi – “Latsio”dan 16 ochko oldinlab ketib, skudetto sohibiga aylandi.
"Qoidaga ko'ra, avvalgi mavsumda chempionlikni qo'lga kiritgan jamoa favorit hisoblanadi. O'tgan yili "Milan"da ham shunday bo'lgan edi, endi u "Napoli"ga bo'ladi, ammo bu safar mantiq to'g'riligiga ishonchim komil emas. Menimcha, "Inter" Skudettoga jiddiy nomzod, ehtimol "Napoli"ning ham imkoniyatlari yuqori", - dedi Sakki La Gazette Dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!