Klopp: "Bu – haqiqiy baxt"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp nabirasi tug'ilgach o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
“Men qanday qilib bobo bo'ldim? Anchadan beri shunaqa qiyofada yurganman, endi esa haqiqatan ham boboga aylandim.
Bu – haqiqiy baxt, biz to'rt haftani birga o'tkazdik va uning o'sishini kuzatdik. Bu, ehtimol, men so'nggi 30 yil ichida boshdan kechirgan eng go'zal narsadir.
Oilangga yangi insonni qabul qilish hayratlanarli", - deya nemis murabbiyining so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Klopp 2015 yildan beri “Liverpul” bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning qo'l ostida "qizillar" ettita sovrinni qo'lga kiritishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!