Evro-2032ning ehtimoliy mezbonlari aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
Italiya va Turkiya 2032 yilgi Evropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun kurashmoqda.
La Repubblica xabariga ko'ra, UEFA turnirni har ikki davlatda o'tkazish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
O'z navbatida, Italiya va Turkiyaning ehtimoliy ittifoqi siyosiy nuqtayi nazardan ham shov-shuvli deb aytilmoqda.
Taxminlarga ko'ra, Evro-2032 uchun Italiyadan va Turkiyadan oltitadan stadionlar kerak bo'ladi. Istanbul turnirning ochilish o'yiniga, Rim esa finalga mezbonlik qilishi mumkin.
Evropa chempionati allaqachon bir necha mamlakatlarda bir necha marta o'tkazilgan. Evro-2000ga Belgiya va Gollandiya, Evro-2008ga Avstriya va Shveytsariya, Evro-2012ga Ukraina va Polsha mezbonlik qilgan bo'lsa, Evro-2020 11 ta davlatda bo'lib o'tdi.