"Chelsi"ning umidi uzilgani yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
"Chelsi" yarim himoyachi borasida izlanishlarni davom ettirmoqda. Xabarlarga ko'ra, "Barselona" futbolchisi Frank Kessie Evropada qolmoqchi 26 yoshli yarim himoyachi Saudiya Arabistonidan kelgan taklifni qabul qilmoqchi emas.
Bu esa unga da'vogarlik qilayotgan "Chelsi"ga umid baxsh etmoqda. Ivuarlik futbolchi "Milan" safida yulduzga aylangan edi. Ammo uning "Barsa"dagi ishlari ko'ngildagidek ketmayapti. Xavi yangi mavsumdagi rejalariga Kessieni kiritmagani aytilmoqda. "Chelsi"ga esa yarim himoyachi suv va havoday zarurdir.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!