"Lids Yunayted" APL darvozaboniga ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Lids Yunayted" yangi darvozabon xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Nyukasl" o'z futbolchisi Karl Darlou bilan xayrlashishga yaqin turibdi.
Tajribali ingliz posboni ayni damda "Lids" radarida turibdi. Yorkshir klubi yaqindagina Joel Roblesni erkin agent sifatida qo'yib yuborgan edi. Ayni damda jamoada faqatgina Ilan Mele asosiy variant bo'lib qolmoqda.
Unga o'rinbosar sifatida Darlou olib kelinishi mumkin. 32 yoshli darvozabon uchun "Bornmut" va "Midlsbro" ham da'vogar sanaladi.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!