"Chelsi" Lukakuning qaytish muddatini keyinga qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
Matbuotda Romelu Lukaku chorshanba-payshanba kunlari "Chelsi"ga kelmasligi haqida ma'lumot paydo bo'ldi, garchi jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino avvalroq bu sanalar haqida gapirgan edi. Jurnalist Met Louning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, London klubi belgiyalik hujumchining kelish sanasini keyinga surgan.
"Chelsi" Lukakuning qaytish muddatini 17 iyul dushanbaga kechiktirdi. Ikkala tomon ham "Inter" bilan kelishuvga umid qilishmoqda.
Xabaringiz bor, “Inter” 30 yoshli Lukakuni o'z safida saqlab qolmoqchi. Belgiyalik futbolchi 2022/2023 yilgi mavsumni Milan klubida ijara asosida o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!