"PSJ" Bernarduni sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 69
"PSJ" Bernardu Silvani yozda sotib olishi mumkin.
Marca nashri xabariga ko'ra, "PSJ" muxlislarga 2024 yildan keyin shartnomasini uzaytirmasa, joriy yozda "PSJ"ni tark etishi kutilayotgan Kilian Mbappe bilan bog'liq vaziyatni unutish uchun bir qancha yulduz futbolchilarni sotib olmoqchi.
Qayd etilishicha, Bernardu Silva uchun faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirish ustuvor vazifa emas. 28 yoshli yarim himoyachiga "PSJ"dan tashqari "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda, ammo kataloniyaliklar portugaliyalikning transferi uchun taxmin qilingan 80 million evroni to'lay olmaydi.
Avvalroq, Bernarduga "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!