"Inter" Trubin va Zommer bilan muzokaralar olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 59
"Inter" "Shaxtyor" bilan darvozabon Anatoliy Trubinning transferi bo'yicha va "Bavariya" bilan Yan Zommerning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi The Times.
Manbaga ko'ra, "neradzurrilar" 21 yoshli ukrainalik futbolchini 12 million evroga baholamoqda. 34 yoshli shveytsariyalik uchun italiyaliklar taxminan 4 million to'lashga tayyor.
Trubin o'tgan mavsumda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 14 tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Zommer "Bavariya" uchun 36 ta o'yin o'tkazdi va ulardan 12 tasi darvozasini quruq saqladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!