Eshli Yang "Everton"ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
Sky Sports xabariga ko'ra, "Everton" himoyachi Eshli Yang bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Manbaga ko'ra, klub yaqin ikki kun ichida 38 yoshli angliyalik bilan kelishuvga erishishi mumkin.
Oldinroq, Yang "Everton" uchun Premer-liga, Chempionship va boshqa Evropa chempionatlarining bir qator klublaridan tushgan takliflarni rad etgani haqida xabar berilgandi.
Yang - erkin agent. Himoyachining avvalgi klubi "Aston Villa" bo'lib, u 2021 yilning iyulidan 2023 yilning iyunigacha birmingemliklar safida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!