"Tottenxem" ikkinchi bor "Bavariya" taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
“Tottenxem” “Bavariya”ning hujumchi Xarri Keyn borasidagi taklifini yana bir bor rad etdi.
Myunxenliklar 29 yoshli angliyalik futbolchiga jiddiy etibor qaratishmoqda va yakshanba kuni OAVda "Tottenxem"ga ikkinchi transfer taklifi yuborilgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi. Kelishuv narxi 80 million evroga baholanmoqda, bu “shporlar” rahbariyatini hayratda qoldirmagan ko'rinadi: MailSport xabariga ko'ra, London klubi bu safar ham o'z yulduzini “Bavariya”ga sotishdan bosh tortdi.
Xarri Keynning "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyul oyida tugaydi. O'tgan mavsumda hujumchi 49 uchrashuvda 32 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!