"PSJ" hazillashmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 263
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris "PSJ"ga o'tishi mumkin.
Daily Record nashri xabariga ko'ra, parijliklar 36 yoshli frantsiyalik futbolchini jamoaning asosiy darvozaboni Janluidji Donnarumaga raqobatchi sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Manbaning xabar berishicha, "PSJ" Lorisni tekinga qo'lga kiritmoqchi, ammo London klubi rahbariyati amaldagi shartnomasida yana bir yil muddati bor futbolchisini shunchaki qo'yib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Loris 2012 yildan beri "Tottenxem"da o'ynab kelmoqda. O'tgan mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda 31 ta uchrashuvda ishtirok etib, 45 ta gol o'tkazib yuborgan va 9 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Frantsiyalik futbolchining transfer narxi 3 million evroga baholanmoqda.
Avvalroq parijliklar Manuel Ugarte, Li Kan In va Lyuka Ernandesni transfer qilgandi.