Manchinining o'g'li "Sampdoriya" sport direktoriga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Sampdoriya" lageridan yangiliklar - qator manbalarga ko'ra, Roberto Manchinining o'g'li Andrea yaqinda o'z egalarini topgan klubning sport direktori bo'ladi.
Shu tariqa, klubda uzoq yillar to'p tepgan, 1991 yilda "Sampdoriya"ni chempionlikka olib chiqqan Roberto Manchini hatto Italiya terma jamoasining ustozi sifatida ham klub taqdirida ishtirok etishda davom etmoqda - lekin o'g'li orqali. Katta ehtimol bilan bu haqda rasmiy xabar dushanba kuni e'lon qilinadi, deya aniqlik kiritmoqda Italiyaning ITASportPress axborot agentligi.
Eslatib o'tamiz, "dorianliklar" kelasi mavsumni Italiya futbolining ikkinchi ligasi - "B" Seriyasida o'tkazishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!