Sakki: "Inter" o'yinida nimanidir o'zgartirishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Arrigo Sakki "Inter"ni Davide Frattezini sotib olgani uchun maqtadi, ammo u klubga qandaydir taktik e'tibor kerak deb hisoblaydi.
- "Inter" Frattezida ajoyib xarid qildi, u juda istiqbolli futbolchi. Biroq, "Inter" o'yin nuqtai nazaridan nimanidir o'zgartirishi kerak, ayniqsa evrokuboklardagi o'yinlarda", - deya Sakkining so'zlaridan iqtibos keltirgan Italiyaning ITASportPress agentligi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Inter" Chempionlar ligasi finaliga qadar etib borgandi. A Seriyada klub uchinchi o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!