Braziliyalik vunderkind "Barselona"ni tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
18 yoshli hujumchi Vitor Roke "Barselona"ga o'tadi. Xabarlarga ko'ra, braziliyalik hujumchi boshqa barcha takliflarni rad etgan. U faoliyatini "Barselona"da davom ettirish niyatida.
Kelishuv imkon qadar tezroq rasman e'lon qilinadi. Transferdan so'ng Vitor 2024 yilning yanvarigacha o'zining hozirgi jamoasi "Atletiko Paranaense"da ijara asosida qoladi.
Roke 2022 yilning aprelidan buyon “Atletiko”da to'p tepadi. Ushbu jamoa uchun hujumchi barcha musobaqalarda 63 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!