"Barselona" futbolchisi "PSJ"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 999
Frantsiya terma jamoasi va "Barselona" hujumchisi Usmon Dembele yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
22 yoshli futbolchining xizmatlari bilan "PSJ" qiziqmoqda.
Parijliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel futbolchi bilan aloqaga chiqqan, ammo nemis mutaxassisining taklifi rad etilgan.
Ma'lumot uchun, Dembele 2016/17 yilgi mavsumda "Borussiya Dortmund"da Tuxel qo'l ostida to'p surgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Dembele 29 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!