"Inter" rahbariyati Lukaku transferi xaqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Milanning “Inter” klubi sport direktori lavozimini egallab turgan futbol funktsioneri Pero Auzilio Londonning “Chelsi” klubi bilan hujumchi Romelu Lukaku transferi borasidagi muzokaralar haqida gapirdi.
“Romelu biz u bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligimizdan xabardor. Hozir biz mos echim izlayapmiz. U "Chelsi" futbolchisi va biz londonliklar bilan aloqadamiz. Ular allaqachon Lukakuni ijaraga bermasliklarini aytishgan. Shu munosabat bilan, biz to'liq transfer shartlarini ko'rib chiqmoqdamiz", - deydi Auzilio.
Romelu o'tgan mavsumda "Inter"da ijara asosida o'ynagandi. Belgiyalik futbolchi 25 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!