"Manchester Yunayted" yaponiyalik darvozabonga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
"Urava Red Daymonds" sharafini himoya qilayotgan yaponiyalik darvozabon Jion Suzukiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Sponichi xabariga ko'ra, mankunianliklar rahbariyati 20 yoshli futbolchi uchun 5,85 million evro to'lashga tayyor. Agar transfer amalga oshsa, bu kelishuv Yaponiya chempionati tarixidagi eng qimmati bo'ladi.
Oldinroq "qizil iblislar" Andre Onanani "Inter"dan o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani, biroq afrikalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar cho'zilib ketayotgani xabar qilingandi.
Ushbu yozda "Manchester Yunayted"ni David de Xea tark etdi. Ispaniyalik futbolchining klub bilan shartnomasi nihoyasiga etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!