"Arsenal"ga yangi hujumchi kerak(mi?)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
"Arsenal" hujumini o'zgartirishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Mikel Arteta Gabriel Jezusga bu mavsum imkon beradi.
Agarda uning natijalari yaxshilanmasa, braziliyalik hujumchi jamoani tark etishi mumkin. Jezus o'tgan mavsumda raqib darvozasi oldida yomon statistika qayd etgan. Gap gollar va assistlar haqida ketmayapti.
U golli vaziyatlardan foydalanish borasida yomon ko'rsatkichga ega. 26 yoshli hujumchi "Manchester Siti"dan kelganidan beri "Arsenal"ni o'zgarishiga yordam bergan rost. Ammo chempionlik uchun yanada aniqroq va mahsuldor hujumchiga to'pchilarning ehtiyoji bor.
Manba: football.londonFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!