"Liverpul" Tyuram uchun kurashdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Nitstsa" yarim himoyachisi Kefren Tyuram endi "Liverpul"ning qiziqish doirasida emas, deya xabar beradi The Athletic jurnalistlari. Bunga Dominik Soboslaining mersisaydliklar safiga qo'shilgani sabab bo'ldi. Vengerning transferi yakunlangach, "qizillar" frantsuzni qo'lga kiritishdan voz kechishdi.
Oldinroq Myunxenning "Bavariya" klubi Tyuram xizmatlaridan bosh tortgandi. Hozirda futbolchiga asosiy davogar "Nyukasl" bo'lib turibdi.
O'tgan mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi Frantsiya chempionatining 35ta o'yinida ishtirok etgan. Kefren ikkita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining "Nitstsa" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!