Shahzodbek Beshimov: «Qo'qon-1912 ancha kuchli jamoa»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
«Qo'qon-1912»ning yangi a'zosi Shahzodbek Beshimov tarkibga kelib qo'shilganidan so'ng ilk fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Qo'qon-1912» jamoasiga o'tishimga bosh sababchi — Muxsinjon Nizomiddinov sabab bo'ldilar. Ular menga qo'ng'iroq qilib, meni jamoada ko'rishni istayotganlarini ma'lum qildilar. Bu esa menga katta ishonch berdi. O'zim ham omadimni boshqa jamoada sinab ko'rishni maqsad qilgandim. «Qo'qon-1912» jamoasi ancha kuchli va ular Superligaga chiqishni vazifa qilishgan. Shunday maqsadlarni oldiga qo'ygan jamoada o'ynash men uchun ham ma'qul keldi va ularning takliflarini qabul qildim. Xudo xohlasa, gollarim bilan «Qo'qon-1912» jamoasini va barcha muxlislarni xursand qilaman. Maqsadimiz: jamoa bilan superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish. Shuningdek, yaxshi o'yin ko'rsatib, to'purarlar qatoriga joy olishni o'z oldimga maqsad qilib qo'ydim»,-dedi Shahzodbek
Manba: "Qo'qon-1912" klubi matbuot xizmati