De Ligt nima uchun «Yuventus»ni tanlaganiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1139
"Yuventus"ning yangi futbolchisi Matteys de Ligt o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qaror qabul qilish oson bo'lmadi. Menga ko'plab takliflar kelib tushdi. Men esa o'zim eng yaxshi deb bilgan variantni tanladim. Mening qarorimga bir nechta omillar ta'sir ko'rsatdi. Ulardan biri — "Yuventus" rahbariyatining qat'iyati. Ular meni sotib olishni istayotganliklarini aniq izhor qilishdi", - dedi de Ligt La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" 19 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun 75 million evro to'ladi. Shuningdek, ushbu transferda 10,5 million evro miqdorida turli bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Metteys de Ligt va "keksa sinora" o'rtasida shartnoma 2024 yilning yoziga qadar tuzildi.