Osimxen va "Napoli" ikkinchi uchrashuvni o'tkazishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
Viktor Osimxenning agenti va "Napoli" shartnomani uzaytirish bo'yicha ikkinchi uchrashuv o'tkazdi.
Sky Sports Italia xabariga ko'ra, hujumchi neapolliklar bilan yangi shartnoma tuzishga tayyor.
Tomonlar o'rtasida kelishuvning moliyaviy jihatlari bo'yicha kelishmovchiliklar hamon mavjud. Rahbariyat Osimxenga maosh borasida yon berishlari mumkin, ammo buning evaziga shartnomada 200 million evrodan sal kamroq miqdorda tovon puli bandini so'raydi.
Media huquqlariga birgalikda egalik qilish varianti ham ko'rib chiqilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!