"Arsenal" Rays uchun to'lovni ikki yilda to'laydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
"Arsenal" va "Vest Xem" Deklan Raysning transferini kelishib oldi.
Oldinroq klublar yarim himoyachini "kanonirlar"ga o'tkazishga rozi bo'lgani malum bo'lgandi. Transfer 100 million funt sterlingga belgilanadi, yana 5 million funt bonuslar bilan.
Sky Sports xabariga ko'ra, "Arsenal" ikki yil davomida 100 million funt to'laydi. Ushbu davrda uchta to'lov amalga oshiriladi.
Rays o'tgan mavsumda APLda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!