Ferlan Mendining agenti: "Saudiya Arabistoni? Bu safsata"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Madridning "Real" klubi himoyachisi Ferland Mendining vakili Ivan Li Mi mijozi atrofidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi avvalroq Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi bilan bog'liq edi, Saudiyada futbolchiga katta maosh taklif qilinmoqda.
"Saudiya Arabistoni? Bu mish-mishlar safsata, chunki mening mijozim "Real"da yaxshi ishlayapti", — dedi Mendining agenti Madrid Xtra bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Real Madrid" rahbariyati Mendi jarohatidan norozi bo'lgandi. Klub futbolchini sotish variantini ko'rib chiqdi, ammo hozircha Ferlanga jiddiy da'vogar topilmadi.
Mendi o'tgan mavsumda La Ligada 18 o'yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!