"Real" Gyulerni ijaraga bermaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
Madridning “Real” klubi “Fenerbaxche”dan sotib oladigan yarim himoyachi Arda Gyulerni ijaraga bermoqchi emas. AS xabariga ko'ra, bosh murabbiy Karlo Anchelotti 18 yoshli turkiyalikni asosiy tarkibda o'ynatishni rejalashtirgan.
Oldinroq Madridning “Real” klubi futbolchi uchun 20 million evro taklif qilgani xabar qilingandi. Bu miqdor bonuslar, nafaqalar va soliq to'lovlarini o'z ichiga oladi.
Gyuler o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!